SMM & dasturlash agentligi

Biznesingizni onlayn sotuvga o'tkazamiz

Telegram bot, mini-app va o'z saytingiz — uchtasi bitta tizimda ishlaydi. Oshxona va do'konlar uchun tayyor yechim bor, uni ikki kunda ishga tushiramiz.

Proektlarim

Ishlab chiqqan mahsulotlarim

Buyurtma asosidagi ishlardan tashqari, o'zimning tayyor mahsulotlarim ham bor — ularni bugunoq biznesingizga ulash mumkin.

Sotuv dasturi ● Ishlab turibdi

Bozorcha

Oshxona, restoran va do'konlar uchun to'liq sotuv tizimi. Mijoz Telegramdan yoki saytdan buyurtma beradi, kassa chekni chiqaradi, kuryer kartada ko'rinadi, egasi esa hisobotni bir joyda ko'radi.

  • Telegram bot — mijoz ilova o'rnatmasdan buyurtma beradi
  • Mini-app — Telegram ichida ochiladigan to'liq do'kon
  • O'z saytingiz — o'z domeningiz bilan
  • Kuryer kuzatuvi, filiallar, chek printeri va moliya hisoboti
To'liq qo'llanmani ochish →
Avtomatlashtirish tizimi ● Ishlab turibdi

Gilam Sistema

Gilam, palos va ko'rpa-to'shak yuvish korxonalari uchun Telegram bot va amoCRM'ni bir-biriga ulaydigan avtomatlashtirish tizimi. Mijoz botga yozadi, buyurtma CRM'ga o'zi tushadi, ma'lumotlar o'zi to'ldiriladi.

  • Telegram bot — mijoz buyurtmani o'zi beradi, operatorga taqsimlanadi
  • amoCRM integratsiyasi — har bir buyurtma avtomatik lead sifatida yoziladi
  • Kunlik avtomatik boshqaruv — murojaatlar o'zi saralanadi va to'ldiriladi
  • Qayta buyurtmalar avtomatik aniqlanadi, mijoz yo'qolmaydi
To'liq qo'llanmani ochish →
Onlayn o'yin ● Ishlab turibdi

Tezlik.uz

Internet tezligini o'lchashni o'yinga aylantiradigan sayt. Tugmani bosasiz — yuklab olish tezligi va ping o'lchanadi, natija esa o'yin ichida jonlanadi.

  • Yuklab olish tezligi va ping, yuklama ostidagi ping bilan birga
  • Natija o'yin ko'rinishida — poyga, yugurish, golf va boshqalar
  • Boshqa o'yinchilar bilan solishtirish — "o'yinchilarning ~N% dan tez"
  • Natijani bir bosishda do'stlarga ulashish
O'ynab ko'rish →
Ta'lim platformasi ● Ishlab turibdi

ASLSMM Academy

Kiberxavfsizlik va dasturlashni o'zbek tilida o'rganish platformasi: video darslar, amaliy topshiriqlar va o'quvchilar hamjamiyati bitta joyda.

  • Video darslar o'zbek, rus va ingliz tilida — konspekt va testlar bilan
  • CTF topshiriqlari — bilimni amalda sinash
  • Reyting, daraja va XP — o'quvchilar o'zaro bellashadi
  • Telegram uslubidagi suhbat, yangiliklar kanali va shaxmat
Platformani ochish →
AI sotuvchi ● Ishlab turibdi

Navbatchi AI

Kichik do'konlar uchun 24/7 ishlaydigan AI sotuvchi-operator. Telegram va Instagram'da mijozlarga o'zbek va rus tilida javob beradi, mahsulot topadi va buyurtmani rasmiylashtiradi.

  • Telegram Business, bot va Instagram Direct orqali ishlaydi
  • Ovozli xabarni tushunadi, rasm bo'yicha katalogdan mahsulot topadi
  • Narx va qoldiq faqat bazadan — AI hech narsani o'ylab topmaydi
  • Buyurtma, lid va operatorga uzatish — hammasi bitta panelda
Batafsil ko'rish →
Nima qila olamiz

Xizmatlar

Telegram bot

Buyurtma qabul qilish, avtomatik javob, xabarnoma va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish. Bot to'lov tizimlariga ham ulanadi.

Veb-sayt

Tez ochiladigan, telefonda ham qulay saytlar. O'z domeningiz, HTTPS va qidiruv tizimlariga moslashtirish bilan.

SMM va ilgarilash

Ijtimoiy tarmoqlarda auditoriya yig'ish, doimiy kontent va reklama kampaniyalari.

Reklama dizayni

Video, banner, vizitka va boshqa materiallar — brendingizga mos yagona uslubda.

Aloqa

Loyihangiz bormi? Gaplashamiz.

Qanday ish bo'lishidan qat'i nazar — avval bepul maslahat beraman, keyin muddat va narxni aniq aytaman.